Post

Ingliz tili profillari - EVP va EGP

Ingliz tili profillari - EVP va EGP

Video

Manbalar


English Profile nima qilishi haqida:

English Profile (Ingliz tilini Profilga solish) o‘qituvchilar va ta’lim sohasidagi mutaxassislarga Common European Framework of Reference (CEFR)Yevropa Umumiy Til Kadrlari doirasining ingliz tili uchun tuzib chiqilgan.

U har bir CEFR darajasida odatda qaysi ingliz tili jihatlari o‘rganilishi mumkinligini tavsiflaydi. Bu ma’lumot o‘qituvchilar, o‘quv dasturlarini ishlab chiquvchilar, darslik mualliflari va test, imtixon tuzuvchilari uchun har bir darajada nima o‘rganishga mos kelishini ko‘rsatadi.

Ushbu sayt English Profile juda ko‘p ma’lumotlarni taqdim etadi, jumladan ikki innovatsion onlayn vositani:

  1. English Vocabulary Profile Online – ingliz tilidagi lug‘at bo‘yicha onlayn ma’lumotlar bazasi
  2. English Grammar Profile Online – grammatika bo‘yicha onlayn ma’lumotlar bazasi

Bu bazalar qidiruv imkoniyatiga ega bo‘lib, har bir CEFR darajasi uchun qaysi so‘zlar va grammatik tuzilmalarni o‘qitish maqsadga muvofiq ekanligi bo‘yicha tadqiqot natijalarini bepul taqdim etadi.

Ushbu ish ko’plab tashkilotlar hamkorlik loyihasi doirasida amalga oshirilgan va Yevropa Kengashi (Council of Europe) tomonidan qo‘llab‑quvvatlangan. Loyiha butun dunyo bo‘ylab o‘quvchilardan ma’lumot to‘pladi va tadqiqotni ma’lumotlar bilan boyitdi.

Tadqiqot Buyuk Britaniyadagi Cambridge Universitetining ikki bo‘limi tomonidan olib borilgan:

  • Cambridge University Press
  • Cambridge English Language Assessment

Tadqiqot natijalari esa ingliz tili uchun Reference Level Descriptions (RLDs) – ya’ni “Ma’lumotlar asosidagi daraja tavsiflari” deb ataladi.


Ingliz tili bo‘yicha challenge — qisqacha umumiy ma’lumot

Bu dastur doirasida ingliz tilini o’rganishda men anki droid Version 2.20.1 va anki desktop Windows 10+ dan foydalandim. Unda mavjud EVP va EGP flashcard(Deck)lar to’plamlari quyidagi ikki strukturaviy profilni birlashtiradi:

  • EVP (English Vocabulary Profile): 14,963 ta so’z
  • EGP (English Grammar Profile): 1,218 ta qoida

Anki English Profile flashcard(Deck)lar to’plamlarini ko‘rish

SarlavhaReytinglarO‘zgartirilganKartalarAudioRasmlar
English Profile Vocabulary2025-01-2714,9636,6640
English Profile Grammar=2025-01-271,21800

Ikkalasi ham CEFR (A1–C2)ga mos keladi va juda mukammal ongli, takrorlanadigan mashqlar orqali o’rgatiladi.

Kundalik tizim

Oddiy, qat’iy kun tartibi tilni o’rganishni oldindan bashorat qilishni oson qiladi, masalan:

  • Leksika — kuniga 25 ta yangi EVP so’z (Anki kartochkalari)
    • 14,963 ÷ 25 ≈ 599 kun
  • Grammatika — kuniga 10 ta yangi EGP qoida
    • 1,218 ÷ 10 ≈ 122 kun

Umuman olganda, dastur taxminan 1,5 yil davom etadi; grammatika to’plami tezroq tugaydi va so’zlarni o’rganishda davom ettirar ekansiz grammatika qayta ko’rib chiqilishi mumkin.

Qanday o’rganaman (kartochka tuzilishi)

Har bir Anki kartochkada quyidagilar bo’ladi:

faqat yorug' rejim faqat qorong'i rejim

  • so’z yoki grammatik qoida
  • so’zlar uchun IPA talaffuzi
  • qisqacha ta’rif
  • kamida bitta haqiqiy misol gap

Bu passiv o’qish emas, faol eslashni rag’batlantiradi.

Blog qanday ishlaydi

Har bir kunlik post quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • 25 ta EVP so’z (misollar bilan)
  • 10 ta EGP qoida (izohlar va misollar bilan)
  • umumiy xatoliklar va qiyin nuqtalar
  • qisqa shaxsiy fikr
  • mnemonika texnikalarini qo’llagan holda yod olish uchun ko’rsatmalar

Postlar kun bo’yicha (Day-001, Day-002, …) va turiga ko’ra (EVP / EGP, Leksika / Grammatika) kategoriyalarga bo’linadi, bu esa blogda zarur maqolani izlab topish va o’rganishni osonlashtiradi.

Maqsad

Maqsad: A1–C2 darajasida faol so’zlar lug’atini mustahkamlash. Blog - bu o’rganish kundaligi bo’lib ushbu challengeni bajarishda menga dalda beradi.

Mualliflik huquqi CC BY 4.0 litsenziyasi bilan himoyalangan.